Fayzulla Ordaboyev
Fayzulla Beysenuli Ordabaev (1966-yil 10-noyabr) — qozogʻistonlik futbolchi, futbol murabbiyi, hujumchi va yarim himoya pozitsiyalarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Fayzulla oʻzbek futboli tarniyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatini 1983-yil Toshkentning „Sohibkor“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1988-yil Andijonning „Paxtakor“ (hozirda Andijon deb nomlanadi) jamoasi safida oʻtdi. 1989-yil Toshkent Traktor zavodining „Traktor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 1990-yilgi mavsumda SSSR Birinchi ligasida toʻp suruvchi „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Fayzulla Paxtakor jamoasi safida SSSR musoboqalarida 3 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Sverdlovets jamoasi takibida SSSR ikkinchi ligasida toʻp surdi v. 1992-yil SSSR parchalanganidan soʻng Fayzulla Qozogʻiston jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1992-yil Qozogʻiston chempionatida Chimkentning „Jiger“ klubi safida boshladi va Qozog‘iston fuqaroligini oldi. Jiger jamoasi safida 4 mavsum davomida toʻp surib, 128 oʻyinda 29 ta gol muallifiga aylandi. Qozogʻiston jamoalarida 10 yildan ziyod vaqt davomida toʻp surib, 2004-yil „Yassi“ jamoasi takibida, 38 yoshida faoliyataini yakunladi. 2001-yilgi mavsumda „Irtish“ jamoasi tarkibida Qozogʻiston kubogi finalida ishtirok etgan.
Milliy terma jamoa
Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazdi. 1994-yil 11-aprelda u ilk bor Tojikistonga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvida oʻynadi. 1997-yil 6-iyunda u oxirgi marta JCH-1998 saralashida Iroqqa qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Murabbiylik faoliyati
2004-yilda „Ordabasi“ klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2013-yilda „Astana-1964“ klubi bosh murabbiyi boʻldi.
2018-yilda u „Janubiy Akademiya“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org