FAYZIYEVA MUNAVVARA MURODOVNA
FAYZIYEVA MUNAVVARA MURODOVNA (1948.2.7, Vobkent tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1976-98 yillarda Vobkent tumanidagi 16maktabda nemis tili o’qituvchisi. Ta’lim jarayonida turli didaktik material, qushimcha manbalar, testlardan samarali foydalangan, chet tilini chuqur o’zlashtiruvchi sinflar tashkil etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz