Fayzi Shohismoil




Fayzi Shohismoil (10-noyabr 1938-yilda tugʻilgan) — shoir, jurnalist va tarjimon. Bolaligi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Mitan (hozirgi Ishtixon) tumanida oʻtdi. Soʻngra Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida oʻsib ulgʻaydi. Harbiy xizmatda boʻldi. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini bitirdi. Respublika markaziy gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, muxarrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston teleradio kompaniyasida chet ellarga eshtirishlar radiostansiyasida boʻlim mudiri, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Jahon adabiyoti“ jurnalida masʼul kotib boʻlib xizmat qildi. Koʻplab sheʼrlari respublika, viloyat, tuman, gazetalarida chop etildi. Bolalar shoiri, xalqaro sharhlovchi, tarjimon sifatida tanildi. „Adashboy“, „Irmoqlar“, „Choʻqqi bilan suxbat“, „Bizning olam“, „Yigʻloqi bulut“, „Bahor qoʻshiqlari“ sheriy toʻplamlari bosib chiqdi. Bolalar va kattalar uchun oʻnlab qoʻshiqlar muallifi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibidir.

Kitoblari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz