Fayyum




Fayyum , Al-Fayyum — Misrdagi voha, Liviya choʻlining sharqiy qismidagi tektonik botiqda (dengiz sathidan 43 m pastda). Markaziy qismida Fayyum shahri joylashgan. Trransport yoʻli va avtomobil yoʻllari orqali Qohira shahri bilan bogʻlangan. Xurmozorlar bor. Dehqonchilikda paxta, sholi, donli ekinlar ekiladi. Toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat, kunteri korxonalari bor. F.da paleolit va neolit davriga oid manzilgoxlar, 1887-yilda Fayyum portretlari topilgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz