FAYYUM



FAYYUM, Al-Fayyum — Misrdagi voha, Liviya cho’lining Sharqiy qismidagi tektonik botiqda (dengiz sathidan 43 metr pastda). Markaziy qismida Fayyum shahri joylashgan. Temir yo’l va avtomobil yo’llari orqali Qohira shahri bilan bog’langan. Xurmozorlar bor. Dehqonchilikda paxta, sholi, donli ekinlar ekiladi. To’qimachilik, tamaki, oziq-ovqat, kunteri korxonalari bor. Fayyumda paleolit va neolit davriga oid manzilgohlar, 1887 yilda Fayyum portretlari topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz