Faysalobod




Faysalobod (sobiq Layalpur) — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, Chinobod va Ravi daryolari oraligʻida. Aholisi 1,97 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Paxtachilik rnining yirik savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy), kimyo (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish) sanoatlari, mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik asbobuskunalari) va metallsozlik korxonalari, issiklik elektr styasi mavjud. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, badiiy buyumlar (xususan, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari) tayyorlanadi. Shahar 19-asr oxirida bunyod etilgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz