FAYSALOBOD



FAYSALOBOD (sobiq Layalpur) — Pokistonning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, Chinobod va Ravi daryolari oralig’ida. Aholisi 1,97 million kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Paxtachilik rnining yirik savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand, yog’moy), kimyo (mineral o’g’itlar ishlab chiqarish) sanoatlari, mashinasozlik (asosan, to’qimachilik asbobuskunalari) va metallsozlik korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Hunarmandchilikda qo’lda gilam to’qiladi, badiiy buyumlar (xususan, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari) tayyorlanadi. Shahar 19-asr oxirida bunyod etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz