Faysal masjidi




Koordinatalari: 33°43′47.02″N 73°02′13.74″E / 33.7297278°N 73.0371500°E / 33.7297278; 73.0371500 G O

Faysal masjidi (urdu: شاہ فیصل مسجد) — Pokistonning Islomobod shaharida joylashgan jome-masjid, dunyoning eng yirik masjidlaridan biri. Uning maydoni 5 ming kv.m., 300 ming namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Qurilishi



Saudiya Arabistoni podshohi Faysal ibn Abdulaziz as-Saud 1966-yilgi Pokistonga tashrifi paytida Islomobodda masjid qurishni taklif etgan. Tez orada masjid loyihasi uchun tanlov eʼlon qilingan va unda turk meʼmori Vedat Dalokay loyihasi gʻolib boʻlgan. Masjid qurilishi Saudiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan. Qurilish 1976-yilda boshlangan va 1986-yilda tugagan. Qurilish tashabbuskori Faysal 1975-yilda vafot etgani uchun masji va unga eltadigan yoʻl uning nomi bilan atalgan. Qurilish hozirgi hisobda 120 million dollarga tushgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz