Fayozov Mixail G`iyosovich




Mixail (Mamasharif) Gʻiyosovich Fayozov [1925.15.6, Avliyoota (Qozogʻiston, hozirgi Taroz shahri) — 1990.30.10, Chuyet shahri] — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi leytenant. 1943-yildan armiya safida. Shu yildan frontda. Kichik leytenantlar kursini tugatgan. 175-gvardiyachi oʻqchi polki (1-Ukraina fronta, 5gvardiyachi armiyaning, 58-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1945-yil 23-yanvarda Oder daryosini kechib oʻtishda alohida koʻrsatgan jasorati uchun 1945-yil 27-iyunda Qahramon unvoni berilgan. Chuyet tumanida turli xoʻjalik rahbari vazifalarida ishlagan. Chuyet shahridagi maktab va koʻchaga Fayozov nomi berilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz