FAYOZOV FARZIDDIN ZAYNIDDINOVICH



FAYOZOV FARZIDDIN ZAYNIDDINOVICH (1941.1.3, Toshkent viloyati Nanay qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (2001). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1967). 1966— 91 yillar Muqimiy teatrida ishlagan. Teatr sahnasida Mamat, Hoji (“Nurxon”), Faxriddin (“O’jarlar”), Turumbet (“Jumagul”), Knyaz (“Xonuma xonim”), Andro (“ko’ngli yosh qariyalar”), Kazbek (“Xotinimning eri”), Amir (“Layli va Majnun”), Zoir (“Halima”), Shayton (“Shayton va muridlar”), Roja (“Roja”) kabi obrazlar yaratib keng diapazonli, serqirra aktyor sifatida tanildi. Kino (tergovchi, “Jasur bolalar”; O’zbek zobiti, “komanda”; sudya, “ayol zoti”; ota, “Muzaffar” va boshqalar), televizion filmlar (Geolog, “baland tog’lar ostida”, 8 qismli “imon”da Boybusinov va boshqalar) da ham suratga tushgan. Radiopostanovkalardagi rollari ham diqqatga sazovor. Dublyaj san’ati ustasi sifatida ham tanilgan. Televizion hujjatli filmlarga diktorlik qilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz