Fayol Anri




Fayol Anri (1841 — 1925) — fransuz olimi va muxandisi, ilmiy boshqarish nazariyasi, menejment fani asoschilaridan biri. 30 yil (1888— 1918) mobaynida fransuz togʻkon metallurgiya kompaniyasi ("Comamhaulf") ning rahbari boʻlib ishlagan. 1918-yilda Maʼmuriy tadqiqotlar markazini tashkil etgan.

F. boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan ajratgan holda uni tashkil qilishning umumiy kridalarini ishlab chikdi, birinchilardan boʻlib boshqaruv nazariyasining shakllanishiga asos soldi. U boshqaruv idorasi bajaradigan 5 ta maʼmuriy funksiyani: taxmin qilish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazoratni ajratib koʻrsatdi. Boshqaruv vazifalari: 1) texnika (texnologiya) sohasidagi faoliyat; 2) tijorat faoliyati (resurelarni xarid qilish, tayyor mahsulotni sotish, ayirboshlash); 3) moliyaviy faoliyat (kapital qidirish va uni samarali ishlatish); 4) himoyaviy faoliyat (mulkni va shaxsni himoya qilish); 5) hisobkitob sohasidagi faoliyat (taftish, molmulkni hisobdan oʻtkazish, balans hujjatlarini yuritish, sarfxarajatni hisobga olish, statistika hisobotini amalga oshirish); 6) maʼmurlik (shaxsiy tarkibga taʼsir koʻrsatish, vazifalar, buyruqlar berish, ishga kabul qilish, ishdan boʻshatish). F. tashkiliy rejalashtirish masalasiga alohida eʼtibor bergan. Asosiy asari 1916-yilda yozilgan "Umumiy va sanoat maʼmuriyati" kitobi. F. qarashlari boshqaruv tizimini yaratish va boshqaruv tarkibini shakllantirishning meʼyoriy konsepsiyasini asoslashga xizmat qiladi. Sadir Salimov.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz