Faxriylar holvasi




Faxriylar holvasi  — Frakiya mintaqasidan kelib chiqqan undan tayyorlanuvchi holva. Usmonlilar oshxonasida XVI-XVII asrlarda tayyorlanganligini koʻrsatuvchi hujjatlar mavjud. Askarlar Edirnada holva bilan joʻnatilgan, qaytib kelganlarida holva bilan kutib olingani uchun bu shirinlik faxriy holva deb atalgan. Uning asosiy tarkibiy qismlari un, sariyogʻ, bodom, sut va donador shakar. Sut va shakar aralashtiriladi va isitiladi. Tovada sariyogʻ eritilib, un bodom bilan qovuriladi. Sut qovurilgan un va bodom bir hil konsistensiya hosil qilguncha aralashtiriladi. Aralashma biroz suvigandan soʻng holva bezatiladi va dasturxonga tortiladi. Bezatish uchun tozalangan bodom ishlatiladi. Faxriylar holvasi retsepti Ali Eşref Dedaning „Oziq-ovqat risolasida“ koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, „Melceü't-Tabbahiy“da taʼriflar uchraydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz