FAXRIYA — Arab, fors va turkiy she’riyatda janr turlaridan biri; shoir tomonidan o’z ijodi, iste’dodi va fazilatlarini maktab yozilgan she’r, shoirning o’z ijodi bilan faxrlanib aytgan so’zlari. Faxriyaning dastlabki go’zal namunalarini Arab she’riyatida, xususan, AlMutanabbiy (10-asr) ijodida, o’zbek mumtoz she’riyatida esa 15-asr shoirlari ijodida uchratish mumkin. Faxriya kichik lirik she’r (masalan, g’azal) larda bir baytdan, katta xajmli asarlar (masalan, qasida, doston) da bir necha baytdan iborat bo’ladi. Ana shunday baytlar ishtirok etgan yoki butunlay shunday baytlardan iborat bo’lgan asarlar g’azali Faxriya, Qasidai Faxriya deb ham nomlanadi. Faxriyada shoir o’z ijodini boshqa bir shoir ijodiga, muhim bir voqea-hodisa yoki ob’yektga kamtarona, mubolag’ali yoki kinoyaviy tarzda taqqoslaydi, qiyoslaydi. Masalan: Ulug’bek xon bilur Lutfiy kalomin, Ki, rangin she’ri Salmondin qolishmas (Lutfiy). Navoiy nazm aro tig’i zabonin o’yla surdiki, Pichoq topmas uyottin uzni o’ldurmoqqa Sakkokiy (Navoiy).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish