Faxriy unvon




Faxriy unvon  — Oʻzbekiston Respublikasi da fuqarolarning alohida xizmatlarini yuksak eʼtirof etish shakllaridan biri. Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ularni ragbatlantirish maqsadida beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va Faxriy unvonlarini Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti beradi.

Faxriy unvonlar



1996-yil 26-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari taʼsis etilgan:

Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy unvoni berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi koʻkrak nishoni va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi xujjat topshiriladi. Faxriy unvon bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar. Faxriy unvonlar takroran berilmaydi.

Yana qarang




Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz