Favipiravir
Favipiravir - bu har xil turdagi RNK viruslariga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi antiviral preparat sifatida ishlatiladigan kimyoviy modda. Preparat Yaponiyada yuqori virusli yuk tufayli kelib chiqqan ogʻir infeksiyalarga qarshi ishlatiladigan grippga qarshi dori sifatida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. U Yapon bozorida “Avigan” savdo nomi ostida muomalada boʻlgan.
Qo'llanishi
Favipiravir Yaponiyada grippni davolash uchun rasman tasdiqlangan. Biroq, u mavsumiy grippga emas, balki faqat yangi grippga (og'irroq kasalliklarni keltirib chiqaradigan yangi shtammlarga) davo chorasi sifatidako'rsatiladi.
Nojo'ya tasirlari
Favipiravirni homiladorlik davrida qoʻllash, homila rivojlanishiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Terotogen va embriotoksik tasirlari mavjudligi hayvonlarda oʻtkazilgan koʻplab tajribalar asosida isbotlangan.
Tasir mexanizmi
Uning tasir mexanizmi RNK-polimerazani tanlab tasir etish va uning faoliyatini cheklashdan iborat deb taxmin qilinadi. Favipiravir organizmga tushgandan so'ng o'zinign aktiv ko'rinishiga (favipiravir-ribofuranosil-5'-trifosfatga) o'tadi. 2014-yilda favipiravir Yaponiyada gripp pandemiyasiga dovo uchun tasdiqlangan. Biroq, favipiravir inson nafas yo'llarining asosiy hujayralarida samarali ekanligi ko'rsatilmagan, bu uning grippni davolashda samaradorligiga shubha tug'diradi.
COVID-19
Favipiravir virusga qarshi dori sifatida bir qator mamlakatlarda, shu jumladan Yaponiya, Rossiya, Serbiya, Turkiya, Hindiston va Tailandda favqulodda vaziyatlarda COVID-19 ni davolash uchun ruxsat berilgan. 2020-yil sentabridagi tezkor tadqiqotlar (toʻrtta tadqiqotni tahlil qilish) preparatning bemorlarda klinik va radiologik yaxshilanishlarga olib kelganligini ta’kidladi, ammo, o'limning kamayishi yoki kislorodga bo'lgan ehtiyojdagi farqlar kuzatilmadi.
Tautomeriyasi
Favipiravirning mumkin bo'lgan tautomeriyasi hisoblash yo'li bilan o'rganilgan. Enolga o'xshash shakl ketoga o'xshash shaklga qaraganda suvli eritmada ancha barqaror ekanligi aniqlandi, ya'ni Favipiravir suvli eritmada deyarli faqat enolga o'xshash shaklda mavjud.
Manbalar
Havolalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org