Fausto Pinto




Fausto Manuel Pinto Rosas (talaffuzi: Fausto Manuel Pinto Roxas) 1983-yil 8-avgustda Meksikaning Kuliakan shahrida tugʻilgan. Meksikalik futbolchi chap qanot himoyachisi hisoblanadi. U Meksika terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati



Fausto „Pachuka“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. Pinto jamoadagi ilk debyutini 2001-yilda oʻtkazgan. Oʻsha yili u asosiy jamoa oʻyinlarida deyarli qatnashmagan boʻlsa-da, Meksika chempioni boʻldi. 2006 va 2007-yilgi mavsumda Fausto yana chempionlikni qoʻlga kiritdi, u klubning asosiy himoyachisi boʻlgan. Shuningdek, u ikki marta KONKAKAF Chempionlar ligasida va 2006-yilda Copa Sudamericanada gʻolib chiqqan. „Pachuka“ tarkibida Pinto barcha turnirlarda 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi, ammo gol ura olmadi.

2008/09-yilgi mavsumda Fausto „Cruz Azul“ga oʻtdi. 2009-yil 9-martda „Santos Laguna“ga qarshi oʻyinda Pinto yangi klubida debyut qildi. 29-noyabr kuni „Puebla“ga qarshi duelda himoyachi Meksika Primer ligasida ilk golini urdi.

Xalqaro faoliyati



2007-yil 27-iyunda Amerika Kubogi doirasida Braziliyaga qarshi oʻyinda Pinto Meksika terma jamoasi safida debyut qildi. Turnirda u Ekvador , Paragvay, Argentina va Urugvay jamoalariga qarshi janglarda ham qatnashdi va Meksika terma jamoasiga chempionatning bronza medallarini qoʻlga kiritishda yordam berdi.

2009-yilda terma jamoa tarkibida Fausto KONKAKAF AQSh oltin kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Nikaragua, Gvadelupa, Panama, Kosta-Rika, Gaiti va musobaqa mezbonlari AQSH terma jamoalariga qarshi toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz