Fau xalqi
Fau — Indoneziyaning Papua (sobiq Irian Jaya) provinsiyasi markazining shimoliy qismida yashovchi papua qabilasi. Ularning soni taxminan 1470 kishini tashkil etadi.
Tarqalishi
Fau xalqi Gʻarbiy Papua mintaqasida, Klixi Ano va Didind Ruffaer daryolari oraligʻida tarqalgan. Fau xalqi toʻrtta koʻchmanchi qabiladan iborat: bular Sefyori, Tearu, Iyariki va Tigri hisoblanadi. Ayrim etnologlar Sexudat qabilasi vakillarini ham fau xalqiga tegishli deb hisoblaydilar.
Maishiy hayot
Fau xalqining asosiy mashgʻulotlari ovchilik va terimchilikdir. Ilgari ular orasida kannibalizm keng tarqalgan edi. Yevropaliklar tomonidan qabilaning kashf etilishidan keyin faularning 400 ga yaqin ekani aniqlangan. Taxminan 2000-yilga kelib, Fau xalqi ichidagi zoʻravonliklar tufayli ularning soni kamayib ketdi. Fau xalqi odatda alohida oila guruhlariga boʻlinib yashaydi. Bir necha shunday guruhlar yiliga bir yoki ikki marta uchrashadilar va oʻzaro kelin almashadilar. Ayni vaqtda faular soni 1470 kishini tashkil qiladi. Gʻarbiy Papuaning boshqa mahalliy xalqlari singari, faularning yashash joylari iqtisodiy maqsadlarda tropik oʻrmonlarini yoʻq qilish tufayli xavf ostida qolgan.
Dini
Oʻtmishda fau xalqi orasida animizmhukromlik qilgan, faular tabiat kuchi va ruhlarga eʼtiqod qilishgan. Hozirgi kunda ularning aksariyati nasroniylardir.
Yevropaliklar faular haqida
Faular hayoti haqida ushbu xalq vakillari orasida bir muncha vaqt yashagan yevropaliklar tomonidan ikkita kitob yozilgan. Birinchi kitob muallifi bolaligining koʻp yillarini Fau xalqi orasida oʻtkazgan missionerlarning qizi Sabina Kyugler hisoblanadi. Ikkinchi kitob Jared Daymond tomonidan yozilgan. Uning kitobida fau xalqi qabilalaridan biri bitta guruhdagi jamiyat misolida olingan va insonlar jamiyati taqdiri tasvirlab berilgan. Fau xalqi koʻpincha kitoblarda tosh davri odamlari, kanniballar, shafqatsiz jangchilar, faqat uchgacha sanay oladigan aqliy qoloq odamlar sifatida tasvirlangan.
Bibliografiya
Manbalar
uz.wikipedia.org