Fatvo




Fatvo (arab. — tushuntirish, izoh, hukm, qaror) — islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki toʻrt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izoxlari, shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan qarorlari F. deb aytilgan. F. barcha diniyhuquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qoʻshimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan F. diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. F. Qurʼon, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan F.larga asoslanib chikariladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz