FATVO (Arabcha — tushuntirish, izoh, hukm, qaror) — Islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki to’rt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izoxlari, shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan qarorlari Fatvo deb aytilgan. Fatvo barcha diniy-huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qo’shimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Fatvo Qur’on, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan Fatvolarga asoslanib chiqariladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish