Fattoh Abdullayev




Fattoh Abdullayev (1914.16.1, Jambul — 1985.11.9, Toshkent) — oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984). Filol. fanlari doktori (1961), professor (1969).

Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika institutida (1939-44), Namangan davlat pedagogika institutida (1944-47), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida (1947 — 50 va 1957-yildan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950-56) ishlagan. Ilmiy ishlari oʻzbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fo-netikasi, grammatikasi, shuningdek ba-diiy nutq masalalariga bagʻishlangan. Abdullayev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik haritasini tuzgan va tasnifini bergan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz