Fatos Arapi




Fatos Arapi (1930-yil 19iyul — 2018yil 11oktyabr) alban shoiri, qissa yozuvchi, tarjimon va jurnalist edi. Arapi nashrlari o‘quvchilari va tengdoshlari tomonidan yuqori baholanib, turli milliy va xalqaro sheʼriyat mukofotlari bilan taqdirlangan. 2008-yilda Arapi „Oltin gulchambar“ mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi alban shoiri boʻldi. .

Yoshligi



Arapi 1930-yilda Vlorëda tugʻilgan. U 1949-1954-yillarda Bolgariyaning Sofiya shahrida iqtisod boʻyicha tahsil olgan, soʻngra Tiranada jurnalist boʻlib ishlagan.

Faoliyati



Arapi Tirana universitetining tarix va filologiya professori edi

Arapi 1960-yillarda alban adabiyotida erkin sheʼr va eksperimental sheʼriyatning kashshofi boʻlgan. U dengiz olami haqida yozgan. U yigirma beshdan ortiq kitoblar, jumladan oltita sheʼriy toʻplam va koʻplab hikoya va romanlar muallifi. Safo, Pablo Neruda va Nikola Vaptsarovlarning asarlarini alban tiliga tarjima qilgan. U ikkita antologiyaning bosh muharriri boʻlgan: "Xalqlar qoʻshiqlari" va "Turk sheʼriyati antologiyasi" .

Arapi 50-yillarning ikkinchi yarmida nashr etilgan sheʼriyatda debyut qildi va 1962-1966 yillarda „Poetic Paths“ va „Poems and Verses“nomli ikkita sheʼriy toʻplamini nashr etdi. Keyinchalik "Rhythm of Iron", „Give me a name“Gloria Victis and Solar Eclips" asarlari dunyo yuzini koʻrdi. Arapi oʻzining serqirra nasri bilan ham mashhur edi. U bir nechta romanlar yozgan, jumladan, "Wild Geese ", „Snow Cove“ va "Headless Genius" U, shuningdek, ikkita antologiyaning bosh muharriri boʻlgan: "Xalq qoʻshiqlari" va "Turk sheʼriyati antologiyasi" .


Oʻlimi



Arapi 2018-yil 11-oktyabrda vafot etdi.


Sheʼriyati




Qisqa hikoyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz