Fatmire Alushi




Fatmire Lira Alushi (talaffuzi: Fatmire Alushi) (1988-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan.

Jamoalardagi faoliyati




Alushi oʻz faoliyatini DJK/VfL Gizenkirxenda boshlagan. 1997-yildan 2004-yilgacha u Bundesligaga oʻtishdan oldin Myonxengladbax FSC uchun oʻynagan. U Bundesligadagi debyutini 2004-yilning sentyabrida boshlagan va bir oy oʻtib ilk golini urgan. U 2005-yildan 2008-yilgacha „Duysburg“ safida toʻrt mavsum ketma-ket ikkinchi oʻrinni egallagan. 2008—2009-yilgi mavsumda Alushi UEFA ayollar chempionlar ligasida gʻolib chiqgan. Shuningdek, u 2009-yilda Germaniya kubogi sohibi boʻlgan va u yerda finalda gol urgan.

Duysburgdagi besh mavsumdan soʻng Alushi 2009-10-yilgi mavsum uchun FFC Turbine Potsdamga oʻtgan.. Yangi klubida u 2010 va 2011- yillarda Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2009—2010-yilgi mavsumda Potsdam tarkibida finalda penaltilar seriyasida Bayramaj gol urib, Ayollar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasining ilk gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Bir yil oʻtib, Potsdam yana finalga yoʻl olgan, ammo " Olimpikque Lyon "ga yutqazgan.

Alushi 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " uchun kurashda uchinchi oʻrinni egallagan. 2011—2012-yilgi mavsum uchun Frankfurt FFC klubiga oʻtgan. Ushbu transfer ayollar Bundesligasi tarixidagi eng qimmat transfer boʻlgan.

2014-yilda u Parijga koʻchib oʻtgan.

Alushi 2017-yil 28-fevralda nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati



Alushi Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2005-yilning oktyabr oyida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bir yil oʻtgach, u 2006-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib boʻlgan. 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi chorak finalgacha ishtirok etagan. Alushi jamoaning barcha toʻrtta oʻyinida maydonga tushgan va turnir davomida uchta gol urgan.

U oʻzining birinchi yirik xalqaro unvonini 2007-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan. U Germaniyaning zaxira oʻyinchisi boʻlib, toʻrtta oʻyinda, shu jumladan turnir finalida maydonga tushgan va burchak toʻpini Germaniyaning ikkinchi goliga aylantirgan. Bir yil oʻtgach, Alushi 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Germaniya bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. U uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida 62 daqiqadan soʻng maydonga tushgan va Germaniyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida (2:0) ikkala golga ham mualiflik qilgan. 2009-yilda boʻlgan Yevropa chempionatida Alushi ilk bor Yevropa kubogni boshi uzra koʻtargan. Germaniya oʻzining yettinchi chempionligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chaqirilgan.

Shaxsiy hayoti



Alushining ota-onasi Ismet va Ganimete kosovo -alban hisoblanishadi.1993-yilda Kosovoning Istok shahridan Germaniyaga koʻchirishgan.

2011-yil iyun oyida Alushi boshqa futbolchi Enis Alushi bilan uchrashishni boshlaydi. Ularning ikkisni otasi ham Kosovoda politsiyachi sifatida birga ishlagan. Er-xotin kelasi yil nikohlarini eʼlon qilishgan. Koʻp oʻtmay, 2012-yil sentyabr oyida ikkalasi ham jarohat olgan. Er-xotin 2013-yilning dekabrida turmush qurishgan. 2015-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalidan soʻng, Alushi homiladorligini va Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015 FIFA Ayollar Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishini eʼlon qilgan. U oxir-oqibat maydonga qaytishni kutayotganini, ammo „hayotda futboldan ham muhimroq narsalar borligini“ aytgan.

Faoliyati statistikasi




Yutuqlari



FCR 2001 Duisburg

Turbine Potsdam

Frankfurt FFC

Shahsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz