Fatima Whitbread(Fatima Vedad)
Fatima Whitbread BIO (
Fatima Vedad , 1961-yil 3-martda tugʻilgan) — nafaqadagi britaniyalik nayza uloqtiruvchi. U 1986-yilda Shtutgartda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida 77,44 metrga nayza uloqtirish boʻyicha (jahon rekordini yangilagan holda) gʻolib chiqdi.
Fatima nayza uloqtirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan birinchi britaniyalik sportchi edi. Whitbread 1987-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. U ,shuningdek, ikki karra Olimpiada sovrindori: 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bronza va 1988-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Qiyin kechgan bolalik yillaridan soʻng, uni nayza uloqtirish boʻyicha murabbiy Margaret Whitbread oilasi asrab oldi. Whitbread 1977-yilgi ingliz maktablari atletika chempionatining oraliq unvonini qoʻlga kiritdi va 1978-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari uchun tanlangan va Hamdoʻstlik oʻyinlarida oltinchi oʻrinni egallagan. Keyingi yili Whitebread 1979-yilgi Yevropa yengil atletika chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Faoliyati davomida Whitebread boshqa britaniyalik nayza uloqtiruvchi sportchi Tessa Sanderson bilan raqobatlashgan edi. Whitebread 1990-yilgi Buyuk Britaniyadagi yengil atletika chempionatida oxirgi sport musobaqasini oʻtkazib, 1992-yilda sportni rasman tark etganini eʼlon qildi.
Yoshligi
Fatima Whitbread 1961-yilning 3-martida Londonning Stok-Nyuington shahrida tug‘ilgan. U bir qator bolalar uylarida ulgʻaygan. 2003-yilda The Observer nashriga bergan intervyusida u shunday dedi: „Bu bolalikdagi dahshatli tush edi va men sportni juda yaxshi koʻrganim uchungina men uni yengib oʻtib, haqiqiy onam bilan uchrashdim“.
Whitbread 11 yoshida nayza otishni boshladi Uning soʻzlariga koʻra, u Atalanta afsonasidan va 1972-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ayollar beshkurashida oltin medalni qoʻlga kiritgan Meri Petersdan ilhomlanib, yengil atletika musobaqalariga qiziqish bildirgan. Whitbread stadionda nayza uloqtiruvchi Devid Ottli bilan uchrashdi va undan nayza uloqtirish mumkinmi, deb soʻradi. U murabbiy kelguncha kutishni iltimos qildi. Murabbiy mahalliy maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchis Margaret Whitbread boʻlib, Whitbread u bilan avvalroq Whitbread oʻzi oʻynagan netbol oʻyinida hakamlik qilganida tanishgan.Uch yil oʻtgach, Whitbread Margaret Whitbread va uning oilasi tomonidan asrab olingan. U oʻsmirlik yillarini Esseksdagi Chadwell Sent-Meri shahrida oʻtkazdi va u yerda Greys yaqinidagi Torells maktabida oʻqidi.
Faoliyati
Dastlabi faoliyati
Fatima Whitbread 1977-yilda ingliz maktablari atletika chempionatida oraliq unvonni qoʻlga kiritdi.Keyingi oyda Havaskor Atletika Assotsiatsiyasining (AAA) ayollar chempionatida gʻalaba qozondi. U 1978-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida nayza uloqtirishda 49.16 natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi.
Fatima Whitbread 1983-yilda 18 ta musobaqada britaniyalik raqibi Tessa Sandersonni ortda qoldirgan.
Jahon rekordi, Yevropa va jahon chempionatlarida gʻalabalari
Whitbread 1986-yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichida nayza uloqtirish bo‘yicha jahon rekordini 77,44 m ga yangiladi, bu o‘tgan yilgi
Sharqiy germaniyalik Petra Felke tomonidan o‘rnatilgan rekorddan 2 m ortiqroq edi. Whitbread nayza uloqtirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan birinchi britaniyalik sportchi edi.
Whitbread 1987-yilgi Jahon chempionatining finalida Felkedan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Whitbread 1987-yilda BBCning „Yil sportchisi“ mukofoti g‘olibi bo‘lgan.
Keyingi faoliyati
1988-yilda Seulda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan bir necha oy ichida Whitbread bir qancha kasalliklardan aziyat chekdi: yelka jarohati, furunkul, bez isitmasi va tish bilan bogʻliq muammolar.
Whitbreadning keyingi karyerasiga yelkasidan olgan jarohati taʼsir koʻrsatdi. 1990-yilgi Buyuk Britaniyada yengil atletika chempionati u ishtirok etgan soʻnggi sport musobaqasi boʻlib, u yerda yana yelkasidan jarohat oldi. 1992-yilda Whitbread sportni tark etdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org