Fathnoma




Fathnoma — tarixiy asar. Doston. Shayboniylar tarixiga oid dastlabki manbalar jumlasiga kiradi. Fors tilida yozilgan. 2021-yil holatiga koʻra u biror-bir tilga tarjima qilinmagan.

Asar Mahmud sulton topshirigʻiga koʻra Mulla Shodiy tomonidan 1502-yilda yozilgan. Dostonda Muhammad Shayboniy dunyoga kelgan kundan boshlab to 1501-yil iyunigacha Oʻzbek ulusi va Movarounnahr hududida yuz bergan muhim siyosiy-harbiy voqealar keng yoritilgan. Asarda Muhammad Shayboniyning Turkiston, Andijon, Buxoro va Qarshi viloyatlaridagi harbiy harakatlari hamda qoʻshinlarni safga tortish borasidagi mahorati tasvirlangan. Jahon kutubxonalarida asarning 5 ta nusxasi mavjudligi aniqlangan. Qoʻlyozmaning bir nusxasi Toshkentda, OʻzR FA Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz