FATH ALISHOH



FATH ALISHOH (haqiqiy ismi — Boboxon) (1766/71 1834.24.10, Qum shahrida dafn etilgan) — Qojarlar sulolasidan bo’lgan Eron shohi (1797 yildan). Fath Alishoh hukmronligi davrida Eron ichki nizolar tufayli zaiflashib, Yevropa davlatlari va podsho Rossiyasining mustamlakachilik yurishlari ob’ektiga aylangan. Fath Alishoh Frantsiya (1807), Buyuk Britaniya (1801, 1809, 1814), Rossiya (1813, 1828) bilan tengsiz bitimlar imzolagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz