Farzin (shaxmat)




Farzin (♕, ♛) shaxmat oʻyinidagi eng kuchli donadir. U har qanday miqdordagi kvadratlarni vertikal, gorizontal yoki diagonal boʻylab bosib oʻtishi mumkun. Har bir oʻyinchi oʻyinni shohning yoniga qoʻyilgan bitta farzin bilan boshlaydi. Farzin eng kuchli sipoh boʻlganligi sababli, koʻp hollarda piyoda farzin darajasiga koʻtariladi.

Farzinning oʻtmishdoshi ferz boʻlib, faqat diagonal boʻyicha bir qadam harakatlana oladigan yoki ushlay oladigan kuchsiz sipoh hisoblangan va forslarning shatranj oʻyinidan kelib chiqqan. Zamonaviy farzinning harakatlanish qoidalari XV asrda shaklangan.

Tarixi




Farzin dastlab maslahatchi, bosh vazir yoki vazir (sanskritcha mantri, forscha farzin, arabcha firzon, firz yoki vazir) edi. Dastlab, uning yagona harakati diagonal boʻyicha bir kvadrat boʻlgan.

Unicode



Unicode farzin uchun ikkita kod nuqtasini belgilaydi:

♕ U+2655 Oq shaxmat farzin (HTML & #9813;)

♛ U+265B qora shaxmat farzin(HTML & #9819;)

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz