FARRUX YOSOR
FARRUX YOSOR — darbandiya sulolasidan bo’lgan Shirvon hukmdori (Shirvonshoh) (1462-1501). Farrux yosor davrida Shirvon mustaqilligini saqlab, iqtisodiy jihatdan ancha yuksalgan. Farrux yosor oq qo’yunli hukmdorlari ittifoqchisi bo’lgan. 1488 yil qizilboshlilar hujumini daf etgan, lekin Ismoil I Safaviy bilan bo’lgan jangda yengilib, jangda halok bo’lgan. Farrux yosor davrida Shirvon rus davlati bilan diplomatik (1465-66 yillarda elchilar almashingan, 1499 yil do’stlik va hamkorlik haqida bitim tuzish haqida muzokaralar) va savdo munosabatlari o’rnatgan Farrux yosor o’zining bunyodkorlik faoliyati bilan ham shuhrat qozongan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz