Farrux Temirov




Farrux Umedovich Temirov  — (1983-yil, 11-yanvar, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik tarixchi olim.Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) (2020). Farrux Temirov „Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harkatida tutgan oʻrni va ijtimoiy faoliyati“ mavzusida dastlabki monografik tadqiqot olib borgan.

Tarjimayi holi



Farrux Temirov 1983-yil 11-yanvarda Buxoro viloyati Jondor tumani Joʻymumin qishlogʻida tugʻilgan. 2004-yilda Buxoro davlat universiteti Tarix-geografiya fakulteti bakalavr bosqichini, 2006-yilda magistraturasini tamomlagan. 2004-yildan Buxoro shahridagi 14-maktabda tarix fani oʻqituvchisi lavozimida ish boshlagan. 2006—2008-yillarda Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti inspektori, 2008—2011-yillarda Buxoro davlat universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2012—2018-yillarda Buxoro davlat universiteti Tarix kafedrasi va 2018—2020-yillarda Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2020-yildan Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Faoliyati



Farrux Temirov 2020-yil 29-yanvarda „Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harkatida tutgan oʻrni va ijtimoiy faoliyati“ mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Farrux Temirov faoliyati davomida bir qator xoriy konfirensiyalar ishtirokchisi. U Rossiya, Avstriya, Turkiya, Hindiston, Qozogʻiston, Tojikiston va AQSh davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanlarda oʻz maʼruzalari bilan faol qatnashgan. Uning 2011-yilda Poʻlat Soliyev nomli risolasi ham chop etilgan. 2014-yilda Ilmiy rahbari Tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov bilan birgalikda Jondor tumani tarixi nomli kitobi nashr etilgan. Farrux Temirovning „Sadriddin Ayniyning ilmiy faoliyatida Amir Temur va temuriylar davri tarixi masalalari“, „Sadriddin Ayniyning publitsistik ijodida Buxoro tarixi masalalari“, „Sadriddin Ayniy asarlarida Buxorodagi jadid maktablari va matbuotchilik tarixining yoritilishi“ kabi ilmiy maqolalari chop etilgan.


Ilmiy ishlari roʻyxati



Risolalar




Xorijiy jurnallardagi maqolalari




Milliy jurnallardagi maqolalari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz