Farrux Nurullayev
Farrux Nurullayev (1980-yil, 23-mayda Buxoroda tug'ilgan) - musiqashunos, O'zbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, Buxoro Davlat Universiteti San'atshunoslik fakulteti dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD). Faoliyati davomida Nurullayevning 40 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etildi
Biografiya
Farrux Nurullayev 1980-yil 23-mayda Buxoro shaxrida tavallud topgan. Dastlab, 1989-yil Buxoro shahar Domla Halim Ibodov nomli 1-son musiqa maktabida taxsil oldi. Keyinchalik musiqadagi bilimlarini Muxtor Ashrafiy nomidagi Buxoro san'at bilim yurtida davom ettirdi. 2009-yilda Nurullayev Buxoro Davlat Universitetida "San'atshunoslik" fakultetining Musiqa ta'limi yo'nalishi bo'yicha o'qishni boshladi. Buxoro Davlat Universitetida bakalavrlik darajasini olganidan so'ng, 2015-yilda Navoiy Davlat Pedagogika Institutida ayni yo'nalishda magistraturada o'qishni davom ettirdi. Farrux Nurullayev 2015-2019-yilldan davomida Buxoro Davlat Universitetida Musiqa ta'limi kafedrasida dars berdi. 2019-yildan boshlab kafedraning katta o'qituvchisi maqomini oldi va 2021-yildan buyon dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
2021-yilda Nurullayev Farrux G'aybulloyevich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta'lim) yo'nalishi bo'yicha “Musiqa ta'limida Buxoro folklor qo'shiqlarini o'rgatishning ilmiy –metodik xususiyatlari (5-7 sinflar misolida)” mavzusidagi tadqiqot ishini yakunlab, dissertasiyani muvaffaqiyatli himoya qildi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasining 2021-yil 30-oktabr 308\1 –bayonnomasiga asosan Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Faoliyati davomida Nurullayevning 40 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etildi.
Ta'lim
Faoliyati
Ilmiy ishlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org