Farrux Kagarov




Farrux Abdullayevich Kagarov (1937.23.11 — Toshkent — 2001.21.1) — grafik rassom, plakatchi; Oʻzbekiston xalq rassomi (1989). Toshkent pedagogika institutining badiiy grafika fakultetini tugatgan (1959). Asosan, siyosiy plakat, kitob bezagi va hajviy janrlarda ijod qildi. Ijodida tinchlik mavzui yetakchi oʻrin tutadi; hajviy asarlari "Mushtum" jur.da bosilgan.

80-yillar oxiridan manzarali rangtasvir bilan shugʻullandi. "Mushtum" jur. tahrir hayʼati aʼzosi (1986-yildan). Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi Plakatchilar seksiyasi raisi (1965—77 va 1982—86). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz