Farrux Ikromov
Farrux Ikromov (1998-yil 9-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Navbahor klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.
Faoliyati
Ilk yillari
Farrux Ikromov — Bunyodkor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-yilgi mavsumgacha Farrux Ikromov Bunyodkor 2 klubi tarkibida harakat qilgan.
Bunyodkor safida
2017-yil 1-mart kuni Farrux Ikromov Bunyodkor 2 jamoasidan Bunyodkorning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Farrux Ikromov Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 13 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 349 daqiqa maydonda toʻp suradi. 2018-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 4 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 66 daqiqa maydonda toʻp suradi. 2019-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 2 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 58 daqiqa maydonda toʻp suradi. Farrux Ikromov 2020-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 19 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 665 daqiqa maydonda toʻp suradi.
Farrux Ikromov 2021-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 16 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 6 ta gol urdi. Umumiy hisobda 923 daqiqa maydonda toʻp suradi. „Bunyodkor“ jamoasi Superliganing 12-turida „Surxon“ni yirik 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda Farrux Ikromov dubl qayd etdi hamda jamoadoshining bitta goliga assistentlik qildi. Oʻzbekiston kubogida „Bunyodkor“ klubi birinchi liga vakili „Rubin“ jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda yirik gʻalaba erishdi va oʻyining eng yaxshi futbolchisi deb Farrux Ikromov topildi. Oʻzbekiston Superligasi 2021-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomzodlar eʼlon qilindi. Nomzodlar roʻyxatidan Farrux Ikromov ham joy oldi. Oʻzbekiston terma jamoasining 5-sentabr kuni Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Farrux Ikromov jarohat oldi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jiddiy ekani va jarrohlik amaliyoti talab etilishi maʼlum boʻldi. 2022-yil mavsum yakunida „Bunyodkor“ jamoasi bilan xayrlashib „Navbahor“ klubi bilna shartnoma imzoladi.
Terma jamoadagi faoliyati
Farrux Ikromov Oʻzbekiston U 21 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoalarida oʻynagan. Oʻzbekiston U21 jamoasi safida ilk bor 2018-yil 4-sentabrda Tojikiston U21 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2020-yil 9-sentabrda Tojikiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Farrux Ikromov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichi uchrashuvlari uchun iyun oyida Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlariga jalb etildi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub safidagi statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org