Farruh Sayfiyev




Farruh Sayfiyev 1991-yili 17-yanvarda Samarqand viloyati markazi Samarqand shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Toshkentning Paxtakor futbol klubining yarimhimoyachisi hisoblanadi.

Faoliyati



Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushdi. 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi.

Terma jamoadagi faoliyati



U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmadi.

Milliy terma jamoadag statistikasi



Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz