Farob (Turkmaniston)
Farob (turkmancha: Farap) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar. Aholisi 16 731 nafar (2009). Farob Oʻzbekistonning Olot tumani bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi.
Etimologiyasi
Farob nomining kelib chiqishi va maʼnosi nomaʼlum. Vamberi buni forscha „toza suv“ jumlasining buzilgan shakli deb hisoblagan.
Tarixi
Farob shaharchasi SSSR vaqtida Turkmaniston SSRning Chorjoʻy viloyati Farob tumanining markazi edi. 2016-yildan shahar maqomi berilgan.
2022-yil 9-noyabrda markazi Farob boʻlgan Farob tumanining tugatilishi munosabati bilan u Chorjoʻy tumani tarkibiga kiritildi.
Geografiyasi
Turkmanoboddan 8 km shimoli-gʻarbda , Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Ashxoboddan 474 km uzoqlikda joylashgan. Turkmanobod — Farob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi.
Aholisi
Diqqatga sazovor joylari
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org