Farmon Omanov




Farmon Omanov  — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi



Farmon Omanov 1938-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi bo‘lgan.

Omanov 1958-yildan 2000-yilgacha hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, Qarshi tumanidagi „Leninizm“ kolxozi agronomi, bosh agronomi, Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi katta agronomi, instruktori, viloyat partiya qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, kotibi, ikkinchi kotibi, Qarshi tuman partiya komitetining birinchi kotibi, Qashqadaryo viloyat partiya komiteti kotibi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Ulyanovsk okrug komitetining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Shahrisabz shahar komitetining birinchi kotibi, Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatidagi davlat arbobi, OʻzXDP Qashqadaryo boʻlimi raisi lavozimlarida xizmat qilgan.

Shuningdek, Omanov Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi 10-,11-chaqiriqlarida hamda Oliy Majlisda deputat (1995-1999-yillarda) etib saylangan.

Farmon Omanov O‘zbekistonda istiqomat qiladi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz