Faridun amuzoda xaliliy




Hozirgi zamon Eron bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Faridun Amuzoda Xaliliy 1959 - yili Semnon viloyatida tug‘ilgan. 1979 - yili Tehron universitetining Matematika va texnalogiyalari yo‘nalishida o‘qishga kiradi. Faridun Amuzoda Xaliliyning hikoyalari « Tog‘ faryodi » nomli birinchi kitobi 1981 - yili dunyo yuzini ko‘rdi. Bolalarga atab yozgan « O‘tin » , « Imtihon kunlari » , « Uch oy kanikul » , « Buvim biznikida mehmon bo‘lgan kecha  » , « Dadamning velosipedi » , « Buloqchaning safari » , « Sulaymon shahriga safar » va katta yoshdagilar uchun yozilgan « Eski qilich » to‘plamlari yosh hikoyanavisga shuhrat keltirdi.

Mukofotlari.

« Buloqchaning safari » nomli hikoyalar to‘plami « Surushi javonon » hamda « Kayhoni bachagon » jurnallari tomonidan « Yil kitobi » hamda « Inqilobdan keyingi birinchi o‘n yillikning eng yaxshi o‘n kitobi » sifatida tan olingan.

« O‘tin » hikoyalar to‘plami uchun YuNISEF tashkilotining maxsus sovriniga ega bo‘ldi.

Turli tashkilotlarning « oltin oy » , « Inqilobdan keyingi yigirma yilning eng yaxshi yigirmatta yozuvchisi » , « oltin lavha » mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

Eron Islom Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan « Birinchi darajali san ' at ordeni » bilan mukofotlanadi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz