Faridaning 2000 qoʻshigʻi
Faridaning ikki ming qoʻshigʻi (yoki
Faridaning 2000 ta qoʻshigʻi ) rejissyor Yolqin Toʻychiev tomonidan 2020-yil suratga olingan oʻzbek filmidir.
Filmning premyerasi 2020-yil 17-oktabrda Adelaida kinofestivalida boʻlib oʻtdi va bir necha haftadan soʻng 2020-yilgi Pusan xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. Film 93-Oskar mukofotlari marosimida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etib „Eng yaxshi xalqaro badiiy film“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlandi, biroq filmning formati belgilangan muddatda taqdim etilmagani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Shunday boʻlishiga qaramasdanbu film keyingi yil uchun nomizodlikga qayta topshirildi.
Mazmuni
Film 1917-yilgi rus inqilobidan keyingi davrda yuz bergan fuqarolar urushi davrida Oʻrta Osiyon hududida joylashgan Oʻzbekistonning qishloq joylarida yuz beradi va bu holat ushbu mintaqadagi Rossiya mustamlakalariga tarqaladi. 1920-yilga kelib esa bolsheviklar kuchlari respublikani egallashda gʻalabaga yaqinlashayotgan vaziyatda edi.
Film qishloqda yashovchi yer egasi haqida boʻlib, uning allaqachon uch xotinga uylangan va u toʻrtinchi xotini uning hayotiga kirib kelgach muammolar vujudga kela boshlaydi Uning boshqa xotinlari merosxoʻr dunyoga keltirmaganligi sababli boshqa yoshroq qizga uylandi, shu bilan birgalikda u barcha xotinlariga yomon munosabatda boʻladi shu sababdan ayollar oʻzaro yaqin munosabatga kirishadi. Bolsheviklarning hukumat tepasiga kelishi ayollarning jamiyatdagi rolini oʻzgarishini anglatar edi
Aktyorlar
Gʻoyasi
Sharhlovchilardan biri bu filmni „patriarxat davrida mahalliy ayollar hayotidagi oʻzgarishlar va ular atrofida kechayotgan urush haqidagi hikoya“ deb taʼriflagan. Filmda bir mahalliy oila misolida oʻtgan asr boshlarida Turkistonda sodir boʻlgan tarixiy voqealar bu hudud aholisi hayotiga qanday taʼsir qilgani tahlil qilinadi".
Rejissyor: "Bu film tarixiy bezak ham, muzey koʻrgazmasi ham emas, balki real hayot, real odamlar, ularning voqeligi, qadr-qimmati va haqiqatini oʻrganish… tarix, mentalitet chegaralaridan oshib ketadi.
World Film Reviews uni „aldamchi darajada aqlli film“ deb atadi va oxirgi 20 daqiqa ayniqsa hayajonli ekanligini aytdi.
Ishlab chiqarish
Faridaning 2000 qoʻshigʻi rejissyori 1977-yilda tugʻilgan Toshkentda tugʻilgan, u ishlagan filmlar avval ham xalqaro kinofestivallarda ishtirok etgan.
Oʻzbek tilida Faridaning ikki ming qoʻshigʻi deb atalgan film nomi Faridaning 2000 ta qoʻshigʻi sifatida ham tarjima qilingan. Filmda barcha voqealar sodir boʻladigan uy atrofidagi quruq va qishloq manzarasi koʻrsatilgan uzoq suratlardan foydalaniladi.
Premyerasi
Filmning premyerasi 2020-yil 17-oktabrda Adelaida kinofestivalida boʻlib oʻtdi va 2020-yilgi Pusan xalqaro kinofestivaliga ham tanlab olindi va u yerda bir necha haftadan soʻng namoyish etildi.
Uning nemis premyerasi 2021-yil aprel oyida Visbadenda joylashgan GoEast festivalida boʻlib oʻtdi, lekin koʻp qismi onlayn tartibda koʻrildi va u janubdagi Yeongnam Alp togʻlarida boʻlib oʻtgan 6- Ulju togʻ kinofestivalida namoyish etildi. Ushbu film festivalda oʻtkazib yuborilmaydigan oʻn ikkita filmning birinchisi sifatida qayd etildi.
Mukofotlari
Film 2020-yilda " Oltin globus " mukofotiga taqdim etilgan, biroq nomzod boʻlmagan. Shunday boʻlishiga qaramasdan veb-sayt sharhlovchisi uni noyob film deb atadi:
Film 93-Oscar mukofotining eng yaxshi xalqaro toʻliq metrajli filmi nominatsiyasida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etib lauriyat boʻldi. Oʻzbekiston kinokomissiyasi filmning kerakli formatini Akademiyaga oʻz vaqtida taqdim etmagani sababli film diskvalifikatsiya qilindi U keyingi yil uchun qayta topshirildi.
2021-yilda Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan 6-yillik Osiyo Jahon kinofestivalida "Faridaning 2000 qoʻshigʻi" „Qor qoploni“ tomoshabinlar mukofotiga sazovor boʻldi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org