Farida Abdurahimova




Farida Yoʻldoshevna Abdurahimova  — (1950-yil, 11-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Pedagogika fanlari nomzodi(?), dotsent(?).

Tarjimayi holi



Farida Abdurahimova 1950-yil 11-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1974-yilda Toshkent davlat universitetining   Jurnalistika fakultetini tugatgan. U dastlabki mehnat faoliyatini 1968-yil respublika "Yoshlar"  gazetasining tahririyat kengashida kichik muharrir, keyinchalik muxbir sifatida boshlagan. U 1973—1992-yillar O’zbekiston Jurnalistlar ittifoqida assistent, boʻlim boshligʻi, maslahatchi va Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Ilmiy faoliyati



Abdurahimova Farida tomonidan nashr etilgan kitob va maqolalari asosan oila va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. U „Oila — maʼnaviyat va qadriyat beshigi“, „Ayol o‘zi bir dunyo“, „Oila qo‘rg‘onini mustahkamlash — jamiyat farovonligi“, „Faxriya ayollar — yurt tayanchi“ nomli koʻplab kitoblar muallifi. Abdurahimova Farida mohir jurnalist va zukko ijodkor. Uning koʻplab asarlari Toshkent teatrlarida sahnalashtirilgan.

Siyosiy faoliyati



Farida Abdurahimova 1992—1995-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi madaniyat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy masalalar boʻlimi rahbari, 1995—1997-yillar Toshkent shahar Xotin-qizlar qo’mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan. Farida Abdurahimova 2004 va 2009-yillarda davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylangan. U shuningdek, 2009-yil dekabrda Toshkent shahar xalq deputatlari shahar kengashi deputatligiga saylangan.

Mukofotlari



Farida Abdurahimova koʻp yillik siyosiy faoliyati davomida koʻrsatgan xizmatlari uchun 1999-yil „Doʻstlik“, 2009-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“, ordenlari, Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan estalik nishonlari, 2019-yil „Nuroniy“ jamgʻarmasining „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz