Fariba Nawa




Fariba Nava (1973-yilda tugʻilgan) Afgʻoniston-Amerika mustaqil jurnalisti, Afgʻonistonning Hirot va Lashkargohida, shuningdek, Californiyaning Fremont shahrida oʻsgan. U Afgʻonistonning Hirot shahrida asli afgʻon oilasida tugʻilgan. Uning oilasi 1980-yillarda SSSR istilosi paytida mamlakatni tark etgan. U fors, arab va ingliz tillarida uch tilda gapiradi. U New-York universitetida Yaqin Sharq tadqiqotlari va jurnalistika boʻyicha magistrlik darajasini olgan. 2000-yilda u Eron orqali yashirin ravishda Afgʻonistonga kirib, Tolibon nazoratidagi Afgʻonistonga kirdi U 2000-yildan 2007-yilgacha Afgʻonistonda yashagan va malumotlar yoigʻib tarqatgan. Bundan tashqari, u Afgʻoniston, Eron, Pokiston, Misr va Germaniyada koʻp sayohat qildi va oʻz tajribalari haqida ularga soʻzlab berdi.

Uning hisoboti „Afgʻoniston Inc.“ (Corp Watchda) butun dunyo boʻylab turli ommaviy axborot vositalarida Afgʻonistonda qayta qurish saʼy-harakatlari samaradorligini muhokama qilishda foydalaniladigan asosiy manbalardan biridir. U rekonstruksiyaning jarayonlarini oʻrganadi, pul qayerga ketgani-yu, qayerga ketmagani, xalqaro yordam tizimi qanday ishlaydi-yu, urushdan vayron boʻlgan qishloq q va shaharlarda chet elliklar qayta qurayotganini haqiqatda qanday ekanligi haqidagi fikirlarini yorqin misollar bilan ochib beradi. . U 15 yil davomida bir qator nufuzli gazetalar va radiostansiyalarda urush, korruptsiya, inson/huquqlar, ayollarning madaniy yoʻnalishlari va ota-onalar tarbiyasini yoritib, mustaqil yozuvchi boʻlib kelgan.

Uning " Opium Nation " kitobi 2011-yil noyabr oyida chop etilgan. Kitob uning Afgʻonistondagi giyohvand moddalar savdosi va uning kambagʻal va kam taʼminlanganlarga qanday taʼsir qilgani haqida shaxsiy maʼlumotidir.

Uning yozuvlari turli ommaviy axborot vositalarida, jumladan The Atlantic, Newsweek, Sunday Times of London, Foreign Affairs, Daily Beast, Newsday, Mother Jones, The Village Voice, The Christian Science Monitor, San Francisco Chronicle va boshqalarda chop etilgan. U, shuningdek, Milliy Jamoat Radiosi (NPR) kabi radiostansiyalarga hissa qoʻshdi.

Mukofotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz