Farhod Zayniyev




Farhod Nuritdinovich Zayniyev (1981-yil 30-iyun, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va huquqshunos, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiya



Farhod Zayniyev 1981-yil 30-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Millati oʻzbek.

2001—2002-yillarda Oʻzsanoatqurilishbank tezkor boshqaruv boʻlimining mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2005—2006-yillarda Oʻzbekiston milliy bankida Bank boʻlimlarini boshqarish markazi Agrosanoat kompleksida ishlarni muvofiqlashtirish va maqsadli mablagʻlar monitoringi booʻimi 1-toifali mutaxassisi.

2009—2016-yillarda Naqd pul muomalasi va kassa operatsiyalari boʻlimining boshqaruvchisi boʻlgan.

2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining Qashqadaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimini egallagan.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining aʼzosi boʻldi. Sanoat, qurilish va savdo boʻyicha komissiya aʼzosi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz