Farhod (shaftoli)




"FARHOD" — kechpishar shaftoli navi. R.R.Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Samarkand filialida geografik uzoq Elberta va kechki Norunji navlarini chatishtirib yaratilgan (A.S.Cherevatenko). Daraxti 5–6 m, shoxshabbasi keng piramidasimon. Bargi yirik, guli pushti. Oʻzidan changlanadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3yili hosilga kiradi. Mevasi sentabr 1yarmida pishadi, yirik (150—170 g), dumaloq tuxumsimon, tukli, zargʻaldoq. Tarkibida 10—1 qand, 0,68% kislota bor. Poʻsti oson archiladi. Eti mayin, sariq, danak atrofi qizgʻish, shirin va sal nordon, mazasi yaxshi. Danagi etidan yaxshi ajraladi. Hosil ga kirgan daraxti 50– 70 kg meva beradi. Yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. 1959-yildan davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz