Nosir, dramaturg va kinostsenarist Farhod Musajonov 1933 yilning 19 dekabrida Toshkentda tavallud topgan. Toshkent davlat universitetining sharq fakultetini tugatgan (1956). Respublika radiosi, televideniesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan. «O‘zbekfilm» (1967) studiyasida xizmat qilgan. 1968—1970 yillarda Moskvada stsenaristlar Oliy kursida o‘qigan. 1976 yillari «O‘zbekfilm»da turli lavozimlarda, «O‘zbekkino» aktsionerlik kompaniyasida xizmat qilgan.
Farhod Musajonov adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘z ijodini bolalarga she’r va hikoyalar yozishdan boshlaydi. Birinchi «Daradagi qishloqda» hikoyasi 1956 yilda chop bo‘lgan. Uning «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari dunyo yuzini ko‘rgan.
Hozirgacha uning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan. Ayni chog‘da u «Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi», «Zo‘raki kashanda» kabi kattalar uchun ham asarlar yaratgan. Bundan tashqari, u dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab», Hamza teatrida qo‘yilgan «Olifta», «Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatri sahnalashtirgan) kabi dramalar yaratgan.
Shuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Minoralar ostidagi tsirk», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «Askiya», «Qiziqchi», «So‘nmas ziyo» kabi stsenariylar muallifi hamdir. Bulardan tashqari u ko‘plab hajviy hikoyalar, intermediyalar, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan. Jumladan, «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi kitoblarini eslash mumkin. Uning «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik», «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari o‘z o‘quvchisiga ega.
Iste’dodli bolalar adibi, dramaturg va stsenarist F. Musajonov «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Sun'iy intellekt javobi:
Farhod Musajonov (1932-2013) – o‘zbek adabiyoti va san’ati sohasida taniqli shaxs, yozuvchi, adabiyotshunos va madaniyat arbobi hisoblanadi. U o‘zining ijodi orqali o‘zbek xalqining tarixiy, ijtimoiy va madaniy hayotini teran va jonli tasvirlashga katta hissa qo‘shgan.
Farhod Musajonov 1932 yilda tug‘ilgan. Uning ijodi ko‘p qirralidir: u nafaqat roman va hikoyalar yozgan, balki adabiy tanqid, publitsistika va madaniyatshunoslik sohalarida ham faol ishlagan. O‘zbek adabiyotining rivojlanishiga xizmat qilgan ijodkor sifatida tanilgan, ijodida inson va jamiyat muammolari, milliy qadriyatlar, tarbiya va ma’naviyat mavzulari markaziy o‘rinni egallagan.
Farhod Musajonov o‘z asarlarida nafaqat o‘zbek xalqining urf-odatlari va tarixini aks ettiribgina qolmay, balki zamonaviy o‘g‘il-qizlarning ichki kechinmalari, orzu-istaklari hamda jamiyatdagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilgan. Uning asarlarida realizm, milliy ruh va shuningdek, insonparvarlik g‘oyalari namoyon bo‘ladi.
Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun ko‘plab mukofot va unvonlarga sazovor bo‘lgan Farhod Musajonov o‘zbek madaniy merosining muhim namoyandalaridan biri sifatida esda qoladi. 2013 yilda vafot etgan bo‘lsa-da, uning ijodi hali ham keng o‘rganilib, o‘qib-tadqiq qilinmoqda.
Agar sizga Farhod Musajonovning aynan qaysi asarlari yoki hayotiy faoliyati haqida batafsilroq ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, so‘rashingiz mumkin.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish