Farhod Matkarimov




Farhod Komilovich Matkarimov (17-iyun 1980-yil, Xorazm, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek ogʻir atletikachisi va bodibildingchi. Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi va Osiyo Mas-restling federatsiyasi bosh kotibi.

Biografiyasi



Farhod Matkarimov 1995-yildan 2014-yilgacha sport va bodibilding bilan shugʻullangan. 2009-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan, shundan keyin ogʻir atletika boʻyicha murabbiy sifatida ish boshlagan.

2006-yilda Timur Sobirov va Odil Abdurahmonovlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasiga asos solgan. 2006—2009-yillarda va 2013-yildan esa Oʻzbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi bosh kotibi

2022-yil 4-noyabrda Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Mas-restling federatsiyasi Prezidiumining yigʻilishida Osiyo Mas-restling federatsiyasi bosh kotibi etib saylangan.

Mukofotlari



Farhod Matkarimov 2021-yil 29-sentyabrda Sogʻlom turmush medali bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz