Farhod Mannopovning oʻlimi
2023-yilnng 5-martida
Farhod Mannopov ismli bloger vafot etgan. U
Mittivine nomi bilan ham tanilgan. Maʼlumotlarga qaraganda, u bir necha kun avval basseynda burni va boshidan jarohat olgan. Shundan keyin, burnini operatsiya qildirish maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan xususiy klinikalarda operatsiya qilingan. Operatsiyadan soʻng 36 soat davomida u koma holatidan chiqa olmagan. Oʻlimga sabab narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani aytilgan.
Oʻsha kunning oʻzidayoq Bosh prokratura Mannopov oʻlimi yuzasidan tekshiruv boshladi. Prokuraturaning Matbuot xizmati xabariga koʻra oʻlimga aloqadar shaxslarni batafsil soʻroq qilish, koʻp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash, undan tashqari bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻqligi sababli jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi „a“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Keyinroq Mannopov vafot etgan klinika faoliyati to‘xtatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Jaloliddin Asomiddinovning ma’lum qilishicha, MSKT tekshiruvlar va o‘tkazilgan laborator tahlillardan so‘ng Mannopovda gaymor bo‘liqlari giperplaziyasi, burun to‘sig‘ining qiyshayishi, pastki va o‘rta burun chig‘anoqlari giperplaziyasi aniqlangan.
Vafotidan soʻng xotirasiga va nomidan qilingan ishlar
Manbalar
uz.wikipedia.org