Farhod Magometov
Farhod Abdualiyevich Magometov (1962-yil 11-yanvar) — oʻzbek futbolchisi, himoyachi. 1992—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida toʻp surgan, 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni. 2008-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib keladi.
Biografiyasi
Mehnat faoliyatini 1970-yillarda Namanganning „Tekstilshik“ jamoasida boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning „Boʻston“, Gulistonning „Paxtachi“, Toshkentning „Paxtakor“ klublari safida toʻp surgan. 1981—1984-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida 100ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 1985—1986-yillarda yana „Paxtakor“ safida oʻynab, 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Qiziloʻrdaning „Meliorator“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Jizzaxning „Yoshlik“ (keyinchalik „Soʻgʻdiyona“), yana Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, „Paxtakor“ safida, 1994—1996-yillarda esa Namanganning „Navbahor“ klubida faoliyatini davom ettirgan va shu klubda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.
2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
Yutuqlari
Davlat mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org