Farhod Ermanov
Ermanov Farhod Oʻrozboyevich (1958-yil 30-aprel, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, senator. 2022-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi.
Biografiya
Farhod Ermanov 1958-yil 30-aprelda Qoraqalpogʻiston ASSRning Amudaryo tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1975—1976-yillarda Amudaryo tumani Mangʻit shahar profilaktika va dezinfeksiya boʻlimi xodimi.
1981—1995-yillarda avtomexanik, bosh muhandis, Amudaryo tumani „Mangʻit“ xoʻjaligi direktori, 1995—1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998—2002-yillarda Amudaryo viloyati „Mangʻit“ fermer xoʻjaligi raisi.
2002—2004-yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifalarida ishlagan.
2004—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2007-yilda qisqa muddat Toʻrtkoʻl tumani hokimi bo'lib ishladi.
2007—2010-yillarda qayta Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri.
2010—2018-yillarda Beruniy tumani hokimi.
2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi.
2022-yil 17-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.
Farhod Ermanov ShHTga aʼzo davlatlar hududlari rahbarlarining forumi doirasida turizmga doir bir qator tashabbuslarni ilgari surgan.
Mukofotlari
Farhod Ermanov "Taʼlim homiysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org