Farhod Arziyev




Farhod Nuriddinovich Arziyev  — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2021-yildan Oʻzbekistonning Xitoy va Moʻgʻulistondagi elchisi. 2017—2020-yillarda Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi boʻlgan.

Biografiyasi



1975-yil 5-oktabrda Samarqand viloyati Nurota tumanida (hozirgi Navoiy viloyati) tug‘ilgan.


Maʼlumoti



1997-yilda Toshkent universitetini tamomlagan.

2000-yilda Buyuk Britaniyaning London universitetini tamomlagan.

2011-yilda AQSh Kentukki Patterson universitetining diplomatiya va xalqaro savdo maktabini tamomlagan.

Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

Mehnat faoliyati



1997-2000 — „O‘zA“ Milliy axborot agentligi Xalqaro yangiliklar bo‘limi muharriri o‘rinbosari.

2002-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Jahon" axborot agentligi yetakchi eksperti.

2004-2008 — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.

2008-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.

2012-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.

2014-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2017-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi. 2019-yil 7-mart kuni Dakka shahridagi „Bangababan“ qasrida Bangladesh prezidenti Abdul Hamidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

2020—2021 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

2021-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va Filippindagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Ijodi



„Yolg‘izlik ranglari“ sheʼriy to‘plamining muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz