Farhod




Farhod — Samarqand viloyatidagi shaharcha. Zarafshon daryosining oʻng sohilida joylashgan. Samarqand shahridan 6 km. Aholisi 4,8 ming kishi (2003). 1981-yilda tashkil etilgan. Samarqand shahar Kengashiga qaraydi.

Farhodda temirbeton plitalar ishlab chiqarish, asfaltshagʻal saralash zavodlari, Oʻzbekiston—Angliya—AQSH "OʻzBAT" (tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladi), Oʻzbekiston—Turkiya (toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi) qoʻshma korxonalari, suv xoʻjaligi qurilish taʼminoti boshqarmasi, avtokorxona, zovurariqlarni tozalash mexanizatsiyalashgan birlashmasi bor. 3 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, sport maydoni, kasalxona, poliklinika, 5 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz