“FARHOD” — ertapishar olma navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik intida erkin changlangan madaniy navlar ko’chatlaridan tanlash yo’li bilan chiqarilgan (R.R.Shreder, A.R.Shreder, A.G.Shreder). Daraxti o’rtacha bo’yli, shoxshabbasi keng sharsimon. Ko’chati o’tqazilgandan so’ng 5—6yili hosilga kiradi. Mevasi iyul oxiri — avgust boshida pishadi, hosildorligi birmuncha davriy. Hosilga kirgan daraxti 8—9 yil 55 kilogrammdan 20 yoshida 350 kilogrammgacha hosil beradi. Mevask 140-200 gramm, dumaloq, po’sti silliq, och yashil. Eti och sariq, sersuv, shirinnordon, xushbo’y. Yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish