Farhat Bazarov
Farhat Reimbergenovich Bazarov (1980-yil 31-yanvar) — rus va turkman futbolchisi, „Energetik“ klubi va Turkmaniston terma jamoasi darvozaboni.
Faoliyati
Farhat katta futboldagi debyutini 1997—1998-yilgi mavsumda Turkmanboshining „Shagadam“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 2000-yilda harbiy xizmatga chaqirilib, „Galkan“ klubida oʻyinlar oʻtkazgan. 2001-yilning yozida u murabbiy Bayram Durdiyev isteʼfoga chiqganidan soʻng Kopetdogʻ klubiga koʻchib oʻtgan.
2002-yilda Turkmanboshining „Shagadam“ klubi tarkibiga qaytib kelgan. Shundan soʻng u Oʻzbekistonning "Shoʻrtan" klubiga tarkibiga qoʻshilgan.
2007—2008-yillarda Rossiyaning „Kavkaztransgaz-2005“ klubida, 2009-yilda esa Orenburgning „Gazovik“ klubida oʻynagan. 2009-yilning ikkinchi yarmini Turkmanistonning MTTU klubida oʻtkazgan va unda Turkmaniston chempioni hamda Superkubogi sohibiga aylangan.
2010-yilda ikkinchi mavsumni „Ahal“da oʻtkazgan boʻlsa, 2011—2012-yillarda Marv klubida oʻynagan.
2013-yilda u oʻz faoliyatini boshlagan Turkman chempionatiga qaytgan va Bolqon klubi bilan shartnoma imzolagan. Klub bilan birgalikda OFK prezidenti kubogi sohibi aylanishgan.
2015-yilda „Energetika“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va „Ashxobod“ klubida darvozabonlar murabbiyi boʻlib faoliyat yuritmoqda.
Turkmaniston terma jamoasidagi faoliyati
2014-yilda u Turkmaniston terma jamoasiga OFK kubogida ishtirok etish uchun chaqirilgan. Farhat turnirda terma jamoa safida debyut uchrashuvida maydonga tushgan, bu oʻyin Filippin terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. Oʻyinda uning jamoasi 2 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org