Farg`ona yog`-moy aksiyadorlik jamiyati




Fargʻona yogʻ-moy aksiyadorlik jamiyati — yogʻmoy sanoatining yirik korxonasi. "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibida. Tozalangan va hidsizlantirilgan paxta yogʻi, paxta salat yogʻi, ozuqa salomasi, texnik salomas, texnik salomas yog kislotalari, 88—98%li va yuqori navli glitserin, xoʻjalik sovuni, atir sovun, soya yogʻi va shroti ishlab chikaradi. Korxona dastlab Fargʻona davlat yogʻ zavodi nomi bilan 1930-yil 1 oktabrda foydalanishga topshirilgan. 1931-yil sovun zavodi hamda yogʻni rafinatsiyalash sexi, 1935-yil texnik glitserin ishlab chiqarish sexi, 1946-yilda gidrogenizatsiya zavodi ishga tushirilgan. 1947-yildan Fargʻona yogʻmoy kombinati. 1950-yilda glitserinni bugʻlantirib sof toza mahsulot ishlab chikaruvchi glitserin sexi, 1958-yilda yogʻni reaktivsiz parchalash sexi, 1959-yilda soapstok yogʻ kislotalarini distillyatsiya qilish tizimi kurildi. 1966-yildan mayonez tayyorlashda ishlatiladigan salat yogʻi ishlab chiqarish yoʻlga koʻyiddi. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Korxona bir sutkada 800 t paxta chigitini kayta ishlash kuvvatiga ega. Chet el texnologik uskunalari bilan jihozlangan. 2003-yilda korxonada 9,8 ming tonna paxta yogʻi, asosiy mahsulotlardan 2358 t "Uzbekistan" yogʻi, 259 t salat yogʻi, 1096 t glitserin, 7676 t xoʻjalik sovuni, 1224 t atir sovun, 14064 t texnik salomas, 1293 t soapstokning distillangan yogʻ kislotalari ishlab chiqarildi. 2002-yildan xorijdan olingan soya dukkaklaridan soya yogʻi ishlab chiqaradi. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlardan soya shroti, glitserin chet ellarga eksport qilinadi.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz